“Eco-Schools Uzbekistan” loyihasining yozgi ta’lim oromgohi o‘z faoliyatini boshladi. Oromgohda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan tashrif buyurgan 128 nafar ishtirokchi — mentor-pedagoglar va o‘quvchilar jam bo‘ldi.

🚩 To‘rt kunlik ta’lim dasturi davomida ishtirokchilar ekologiya sohasidagi ekspertlar hamda loyihaning hududiy koordinatorlari tomonidan tashkil etiladigan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:

🔹 “Eco-Schools” loyihasining asosiy tamoyillari;
🔹 “7 qadam” metodologiyasi;
🔹 ekologik liderlik;
🔹 jamoaviy ishlash;
🔹 mentorlik;
🔹 ekologik loyihalarni boshqarish

bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

🌱 Namangan viloyati delegatsiyasi

Yozgi ta’lim oromgohida Namangan viloyati sharafini munosib himoya qilish uchun To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabidan ikki nafar ishtirokchi qatnashmoqda:

👨‍🏫 Mentor-pedagog — Umarov Qobiljon
To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🌿 Mentor-o‘quvchi — Xakimova Shirin
To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Ushbu ta’lim oromgohi ishtirokchilar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba, balki yangi g‘oyalar, hamkorlik va ekologik tashabbuslar uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

💚 Ishonamizki, Namangan viloyati delegatlari oromgoh davomida oladigan bilim, tajriba va ko‘nikmalarini yangi o‘quv yilida viloyatdagi Eco-Schools maktablarida samarali tatbiq etib, ekologik madaniyatni yuksaltirish, barqaror rivojlanish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shadilar.

🌍 Eco-Schools — ekologik ta’lim, yashil tashabbuslar va barqaror kelajak sari birgalikdagi qadam!

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan