To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Eko-maktab loyihasi a’zolari tomonidan ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrash maqsadida hashar o‘tkazildi.

Hashar davomida maktab hududi turli chiqindilardan tozalandi, yer maydonlarida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu tadbir o‘quvchilarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, toza va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qildi. Bunday ekologik tashabbuslar yoshlarda jamoaviylik, mehnatsevarlik va ekologik ongni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

By admin

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan